Alloh shirkni kechirishi haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Alloh taolo shirkni kechirishi qaysi hadisda aytilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sharti shuki joni chiqquncha tavba qilishi kerak. Tavba qilmasdan shirkda joni uzilsa kechirilmasligi aniq. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ يَقْبَلُ تَوْبَةَ الْعَبْدِ مَا لَمْ يُغَرْغِرْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Modomiki banda g‘arg‘ara holiga borib qolmagan bo‘lsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.
Sharh: Jon halqumga kelmasdan avval tavba qilib qolmoq lozim. Undan keyin kech bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Alloh taolo "Zumar" surasida marhamat qiladi: قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِن رَّحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 53. (Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga isrof qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
Imom Buxoriy Sa’iyd ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, ko‘plab gunohlar qilgan bir guruh mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Albatta, sen da’vat qilayotgan narsa juda ham go‘zal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» – deb so‘rashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilgan ekan.
Tafsirchi ulamolarimizning ta’kidlashlaricha, bu oyati karima Qur’ondagi eng umidvorlik oyati hisoblanadi. Bu oyatda bandalar uchun eng ulug‘ bashorat bor.
Avvalo, Alloh taolo:
«Ey o‘z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim», – deb, bandalariga O‘z nisbatini bermoqda.
Aslida, «isrof» deb mol-dunyoni ortiqcha sarflashga aytiladi. Shuningdek, bu so‘z ma’naviy jihatdan haddan oshishga nisbatan ham ishlatiladi. Binobarin, gunoh qilgan odam isrofchi bo‘ladi, chunki u Alloh belgilab qo‘ygan haddan (chegaradan) chiqqan hisoblanadi. Gunoh tufayli haddidan oshgan odam o‘ziga zarar, jabr qiladi. Alloh taolo ushbu oyatda bandalarining gunoh sababli isrofga yo‘l qo‘yib, o‘zlariga jabr etishlarini aytmoqda.
«…Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang!»
Uning rahmati juda kengdir.
«Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar».
Alloh taolo «Niso» surasida shirkdan boshqa barcha gunohlarni mag‘firat etishini ta’kidlagan. Chunki,
«Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
Tavba qilgan bandalarning gunohlarini kechiradi.
Mufassirlarimiz, avval aytib o‘tilganidek, ushbu oyati karimani Allohning Kitobidagi eng umidli oyat, deb ta’kidlaydilar va, shu bilan birga, bu umid gunohga tashviq etuvchi umid emasligini ham qattiq uqtiradilar. Ya’ni «Alloh barcha gunohlarni kechiradi» degan umid bilan bila turib, gunohlarda davom etishning farqi bor. Bu oyatda Allohning qonun-qoidalarini bilmasdan avval gunoh qilib yurganlar mag‘firatdan umid uzmasliklari kerakligi aytil¬yapti. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar