Ilmsiz ayolni dindan gapirish
Assalomu alaykum! Quyida sizga Qaynonalar telegram tarmog‘ida faoliyat yuboruvchi kanalda sudxo‘rlik qilishga fatvo berib o‘tirishibdi. Men bu xususda kanal adminiga yozib ilmsiz odam dindan gapirishi zararlarini bayon qilsam, o‘zimni haqoratlab qilib ahli ilmlarimizga ham hurmatsizlik qildi. U ayollar sizlarni telegramda o‘qishadi, Alloh rozi bo‘lsin, bu ishlarini xatari haqida nasihat qilsangizlar. Bir oila ozgina qiynalib qolib sudxo‘rlik yo‘li bilan uy olaman desa, Shukrona xoji ona degan ayol “Bu savolga javob berishga qo‘limdan kelgancha maslaxat berishga xarakat qilaman. Avvalga zamonda bunday uylar olish bo‘lmagan. Zamona zayli bilan bunday yo‘l bilan uy olish mumkin. Katta puli yo‘qligidan uy sotib ololmagach nima qilish kerak? Uysiz, qiynalib kvartirama-kvartira yurishi kerakmi?” – dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chala tabib jonga xatar, chala mulla iymonga xatar – deyilgan. Aslida bu gap hadislardan olingan hikmatdir. Har bir sohaning o‘z kitobi, o‘qituvchisi, imtihon oluvchisi va ijozat beruvchisi bo‘ladi. Muhtarama “hoji ona”larimiz o‘sha kitoblarni mutaxassislar huzurida o‘qimaganliklari aniq. Xatto u sohaga tegishli arab tilining alifbosini bilsalarda, birorta matnni oldilariga qo‘yilsa o‘qib tarjima qilib berolishmasa ham kerak. O‘zbek tilidagi kitoblarni juda ko‘p o‘qisalar bu tahsinga sazovor. Ammo bu narsa kanalda turib olib savollarga javob berishga juda-juda ozlik qiladi. عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar