Otam namoz o‘qishimni ta’qiqlab qo‘ydi

Assalomu alaykum! Inshaalloh yaqinda o‘qish uchun chet elga ketishni reja qilib turibman. Alhamdulillah namozlarda bardavomman. Doimiy jamoatdan qolmaslikka harakat qilib kelyapman. Zalolatda yurgan vaqtimdagi qazolarga qattiq jiddu jahd qildim va chetga ketgancha hech bo‘lmasa bir pora Qur’on yodlab ketmoqchi edim. Shu holatda dadamlar xavotirlanib meni jamoatga chiqishimni taqiqlab quydilar. U erga ketganingdan keyin ham borib faqat namoz o‘qiysanmi? Kelganingdan keyin o‘qiysan deb butunlay namozlarimni chekladilar, lekin vaqt topdim deguncha qazo qilmaslikka harakat qilib o‘qib olyapman. Lekin qachondan boshlab jamoatdan qolishni boshlagan bo‘lsam o‘sha kundan halovatim yo‘qolganini, xuddi bir narsani yo‘qotib qo‘ygan kishiday yuribman. Qandaydir iymonimda ham susayishni sezyapman. Shu vaziyatda nima qilsam bo‘ladi? Bilaman Xoliqqa xilof bo‘lgan o‘rinlarda maxluqqa itoat qilinmaydi. Lekin otamni norizo qilib chetda o‘qishni ishlashni tasavvur qila olmayapman. Iltimos vaziyatdan chiqish yo‘lini ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu narsa norizolik emas, balki ota Allohga oq bo‘lishidir. Otangizga muloyimlik bilan tushuntiring. Baxslashmang, ibodatlaringizni o‘z vaqtida ado qiling. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: بَعَثَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَرِيَّةً فَاسْتَعْمَلَ رَجُلًا مِنَ الْأَنْصَارِ، وَأَمَرَهُمْ أَنْ يُطِيعُوهُ، فَغَضِبَ فَقَالَ: أَلَيْسَ أَمَرَكُمُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ تُطِيعُونِي؟ قَالُوا: بَلَى. قَالَ: فَاجْمَعُوا لِي حَطَبًا. فَجَمَعُوا، فَقَالَ: أَوْقِدُوا نَارًا. فَأَوْقَدُوهَا، فَقَالَ: ادْخُلُوهَا. فَهَمُّوا، وَجَعَلَ بَعْضُهُمْ يُمْسِكُ بَعْضًا وَيَقُولُونَ: فَرَرْنَا إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنَ النَّارِ. فَمَا زَالُوا حَتَّى خَمَدَتِ النَّارُ، فَسَكَنَ غَضَبُهُ، فَبَلَغَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «لَوْ دَخَلُوهَا مَا خَرَجُوا مِنْهَا إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، الطَّاعَةُ فِي الْمَعْرُوفِ  Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir sariya jo‘natdilar, ansorlardan bir kishini boshliq qilib, ularni unga itoat qilishga buyurdilar. Xullas, u g‘azablanib: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam sizlarni menga itoat qilishga buyurmadilarmi?!» dedi. «Shunday», deyishdi. U: «Menga o‘tin to‘plab beringlar!» dedi. To‘plab berishdi. «O‘t yoqinglar!» dedi. O‘t yoqishdi. U: «Unga kiringlar!» dedi. Shunday qilmoqchi bo‘lishdi-yu, bir-birlarini ushlab qolishdi va: «O‘zi olovdan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qochganmiz-ku!» deyishdi. Turishaverdi, nihoyat o‘t o‘chdi. Uning ham g‘azabi tindi. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etib bordi. Shunda u zot: «Agar unga kirishganida, qiyomatgacha undan chiqa olmas edilar! Itoat ma’ruf* ishdadir!» dedilar».

* «Ma’ruf ish» degan jumla «yaxshi ish» ma’nosidan ko‘ra kengroq tushunchadir. Ma’ruf deb shariatda ham, odamlarning urf-odatida ham ma’qul, yaxshi deb qabul qilingan, ko‘zda tutilgan vaziyatda qo‘llanishi yaxshi sanalgan amal, so‘z va niyatga aytiladi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar