Turmushga chiqsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Meni opam 7 yil oldin eri bilan zags orqali ajrashgan. Shundan beri birga yashashmaydi, lekin talog‘ini olmagan. Eri boshqaga uylanib ketgan, ajrashgan vaqt opam idda o‘tirmagan. Endi turmushga chiqsa bo‘ladimi? Yoki avval idda o‘tirish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo er ajrashish vaqtida qaytib yashamaslik maqsadida ZAGSga qo‘l qo‘ygan bo‘lsa yoki bo‘ldi ajrashdim degan gaplarni aytgan bo‘lsa o‘sha vaqt taloq tushgan etti yil ichida iddasi ham chiqib bo‘lgan hisoblanadi. Agar er ZAGSdan ajrashsak ham talog‘ingni bermayman degan bo‘lsa hali ham nikohlari boqiy bo‘lib, taloq olishi va iddasini o‘tirishi shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:00 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar