Ayollarni namozda qo‘llari

Assalomu alaykum! Qaynonam xoji onalar. Ular bilganlarini biza yoshlar bilmasligimiz mumkin. Men namoz o‘qishni kitobdan o‘rganganman, kitobda namoz o‘qish tartiblari judayam qulay va oson o‘rgatilgan. Ayol kishi qo‘lini bir biriga qovushtirganida bosh barmoq bilan nomsiz barmoq chap qo‘lni bilagini qisib turishi shart deb qaynonamdan eshitdim. Kitobda oddiygina o‘ng kaftni chap kaft ustiga qo‘yish, barmoqlar zich qilgan xolda bo‘lishi kerak deyilgan. Aytingchi qaysi biri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitobdagisi to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar