Qaysi biri afzal, tarovehmi yoki qazo namozlar?

Assalomu alaykum! Nabiy s.a.v Ramazon oyi kechalarini qoim bo‘lib o‘tqazganlar va shunga targ‘ib qilganlarini o‘qib o‘rgandim. Meni bir necha yillik qazo namozlarim bor. Meni o‘ylantirgan savol, uyda qolib har kechani bir qismida yoki hammasida qazo namozlarimni o‘qiganim afzalmi, yoki jamoat bilan sunnati muakkada bo‘lgan tarovehni o‘qiganimmi? Har ikkisida ham kechasi qoimmanku. Chunki har doim birinchi farz amalni bajarish va qarzni uzish lozimku. Noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan tashakkur. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkisini ham o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:08 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar