Taloqni echish

Assalomu alaykum! Bir ayol bir tanish qizga Qur’ondan dars bergan. Bu ish eriga yoqmay “yana bir bor o‘qitsang taloqsan” degan. Bu gapni aytgandan keyin mazasi qochgan. Hatto mashina haydashga holi qolmagan. Buni Allohdan deb bilib, aytgan gaplariga afsuslangan va o‘rgatishga ruxsat bergan. Ammo men sizni saytingizda bu qasam o‘rniga o‘tishini uni qaytib olib bo‘lmasligini o‘qigandim. Lekin biror yo‘li bordir. Biror kafforot to‘lasa qasami echiladimi? Yoki endi abadiy o‘rgatmaydimi? 2. U ayol hozirgacha biror marta o‘rgatmagan faqat ramazon munosabati bilan birga xatm Qur’on o‘qishgan. Bir taloq tushmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dars berishi bilan bir taloq boin tushadi va shu bilan shart echiladi. Agar avval ikki taloq qo‘yilmagan bo‘lsa nikoh o‘qitib, mahr berib yashayverishadi. Agar xatm qilish jarayonida dasr berishning surati topilsa taloq tushadi. Masalan: xato o‘qiganini to‘g‘rilasa, qanday o‘qishni so‘rasa aytib berishi kabilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar