Homiladan saqlash
Assalomu alaykum! Men oilaviy shifokorman. 1) Ish faoliyatimda ayollarni homiladorlikdan saqlash vositalari bilan qamrash talab etiladi. Maqsad tug‘ruqlar orasi 3-4 yildan kam bo‘lmasligi, katta yoshli ayollarda nogiron bola tug‘ish ehtimoli yuqoriligi, ko‘p farzandlikka qarshilik kabilar. Dinimizda bunga nima deyiladi? 2) O‘zim xam bir necha yillardan beri homiladorlikdan saqlanish vositasidan foydalanaman. Bu ishim gunoh bo‘ladimi? 3) Muslima onalarimiz ham homiladorlikdan saqlanishganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Dinimiz ko‘p farzandlikka buyuradi. Salomatligini rioyasini qilish joiz, lekin butunlay tug‘mas holiga keltirib qo‘yish joiz emas.
2). Shar’iy zarurat sababli bo‘lmasa, ha.
3). Urug‘ni tashqariga to‘kish bilan. Hozirgi kundagi prezervativlarga qiyoslasa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:21 | Savol-javoblar | 146 | Tabobat