Mayyit orqali salom aytish

Assalomu alaykum! Bizni qishloqda bir odat bor. Qabristonda mayitni qabrga qo‘yib oxirgi g‘ishtlarini qo‘yib turgan payt mayitni yaqinlari “bizdan rozi bo‘ling”, o‘zlarini yaqin o‘lgan insonlariga “bizdan salom ayting” shunga o‘xshagan gaplarni aytishadi. Shu haqida dinimizda biron narsa deyilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu haqda hadis bor. Chunki inson vafot topgach ruhlar, solihlarning ruhlari solihlar safiga, unday bo‘lmaganlarniki kofirlar ruhlariga borib qo‘shilishadi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : إِذَا حُضِرَ الْمُؤْمِنُ أَتَتْهُ مَلائِكَةُ الرَّحْمَةِ بِحَرِيرَةٍ بَيْضَاءَ فَيَقُولُونَ اخْرُجِي رَاضِيَةً مَرْضِيًّا عَنْكِ إِلَى رَوْحِ اللَّهِ وَرَيْحَانٍ وَرَبٍّ غَيْرِ غَضْبَانَ فَتَخْرُجُ كَأَطْيَبِ رِيحِ الْمِسْكِ حَتَّى أَنَّهُ لَيُنَاوِلُهُ بَعْضُهُمْ بَعْضًا حَتَّى يَأْتُونَ بِهِ بَابَ السَّمَاءِ فَيَقُولُونَ مَا أَطْيَبَ هَذِهِ الرِّيحَ الَّتِي جَاءَتْكُمْ مِنْ الأَرْضِ فَيَأْتُونَ بِهِ أَرْوَاحَ الْمُؤْمِنِينَ فَلَهُمْ أَشَدُّ فَرَحًا بِهِ مِنْ أَحَدِكُمْ بِغَائِبِهِ يَقْدَمُ عَلَيْهِ فَيَسْأَلُونَهُ مَاذَا فَعَلَ فُلانٌ مَاذَا فَعَلَ فُلانٌ فَيَقُولُونَ: دَعُوهُ فَإِنَّهُ كَانَ فِي غَمِّ الدُّنْيَا. فَإِذَا قَالَ: أَمَا أَتَاكُمْ ؟ قَالُوا: ذُهِبَ بِهِ إِلَى أُمِّهِ الْهَاوِيَةِ. وَإِنَّ الْكَافِرَ إِذَا احْتُضِرَ أَتَتْهُ مَلائِكَةُ الْعَذَابِ بِمِسْحٍ ـ كساء من شعر ـ فَيَقُولُونَ : اخْرُجِي سَاخِطَةً مَسْخُوطًا عَلَيْكِ إِلَى عَذَابِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ فَتَخْرُجُ كَأَنْتَنِ رِيحِ جِيفَةٍ حَتَّى يَأْتُونَ بِهِ بَابَ الأَرْضِ فَيَقُولُونَ مَا أَنْتَنَ هَذِهِ الرِّيحَ حَتَّى يَأْتُونَ بِهِ أَرْوَاحَ الْكُفَّارِ رواه النسائيAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Mo‘min kishiga o‘lim hozir bo‘lganida rahmat farishtalari oppoq ipak mato keltirishib, “O‘zing rozi bo‘lgan hamda sendan rozi bo‘lingan holingda Allohning rohati va rayhoniga chiqqin. Sendan g‘azab qilmagan Robbing huzuriga chiqqin” deyishadi. Eng xushbo‘y mushk-anbar hidi kabi chiqadi. Farishtalar uni qo‘lma-qo‘ qilib dunyo osmoniga olib borishadi. Osmondagi farishtalar: “Erdan keltirgan bu hidlaringiz qanday ham o‘ta xushbo‘y” deyishadi. So‘ng uni mo‘minlarning ruhlari oldiga olib kelishadi. Ular undan sizlarning safardan kelgan kishingizdan xursand bo‘lganingizdan ko‘ra ko‘proq xursand bo‘lishadi. Ular “Falonchi nima qildi, fulonchi nima qildi” deb so‘rashadi. Farishtalar: “Uni tek qo‘yinglar, u dunyoning g‘amida edi” deyishadi. Agar yangi ruh “Sizlar so‘ragan kishi huzuringizga kelmadimi(u mendan oldin vafot topgan ediku)” desa, ular “Uni onasi haviya(do‘zaxning nomi)ga olib ketilibdida” deyishadi. Kofirning o‘limi hozir bo‘lganda azob farishtalari kiygiz kiyim keltirishib: “O‘zing ham g‘azablangan hamda senga ham g‘azab qilingan holingda Alloh azza va jallaga chiq” deyishadi. Badbo‘yligi eng sassiq o‘limtik holida chiqadi. Farishtalar uni er darvozasi oldiga olib kelishadi. Shunda u erdagilar: “Qanday ham badbo‘y bu hid” deyishadi va nihoyat uni kofirlarning ruhlariga keltirishadi. Nasoiy rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 144 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar