Otalar haqida
Assalomu alaykum! Bir oilada ota 4 ta farzandni, bolalar kattasi 11-12 yosh, kichigi 4-5 yosh paytidan ularni "pilla qurtiday tinmay vajillatib faqat ovqat eysanlar, tekinxo‘rlar" deb minnat qilib katta qilgan. Vaholangki bolalar bug‘doy moshog‘mi, paxta terishmi, qiz farzandlar ham g‘isht quyib, ko‘chama-ko‘cha muzqaymoq sotib, dexqonchilik qilib uni bozorchada sotib, paxta chopib, ko‘kat o‘toq qilib, uzib...Xullas mehnatda katta bo‘lishgan. Otalari uydaligida birov chaqirib kesa "uyda yo‘q" deyishga majbur qilardi. "chikushka" degan aroqni bolalariga opkeltirib ovqatti boshida "asablarimni tinchlantiraman" deb ichib o‘tirardi. Bir joyda uzoq ishlolmay 3 yil ishlasa 7 yil uyda. Ro‘zg‘or ona bilan bolalarni bo‘ynida. Oiladagi tarbiya ham shunga yarasha. Ayol va 3 ta qizi ayni saraton yozda dalada hashak yig‘ib yurganda uyda televizor ko‘rib o‘tirgan. Qizi kelib “traktor gaplashib berarkansiz, bizga qarashsangiz bo‘lardi”, desa qizni urib orqasiga tepib dalaga haydavoradi. Ayolini bir umr xiyonatda ayblab keladi. Uyga o‘zi odam kirib chiqavermaydi, lekin kelgan odamga xotini-bolalarini yomonlaydi. Bollarini “ko‘karmagin, biring ikki bo‘lmasin, bollaringdan qaytsin agar bo‘lsa”, deb qarg‘aydi. Qizlariga “siz ham onangizday falondaqasizlar. Sizga sovchi kelmaydi qari qiz bo‘lib keyin onang boshchiligida "qabulxona" ochvolasiz degan. Bollarini to‘yi arafasi “bilganlaringni qilinglar men aralashmayman meni bollarimmas ko‘chadan bo‘lgan”, deb turvolib na moddiy, na ma’naviy yordam qilgan. Bollarini xiyonatchi xoin, oqpadarlar deb katta qilgan. Bekorga bunday demagandir bollariyam noqobil ekanda, degan fikr tug‘iladi, lekin har kuni janjal,kaltak bilan katta bo‘lgan bollar albatta solih bo‘lmaydi. Shunga qaramay 3 ta qiz ham yorug‘ yuz bilan turmushga chiqishdi. Otalariga sapchimasdi bir fikrni tushuntirmoqchi bo‘lsa gap qaytarding deb urib tepib ketardi. O‘g‘il ham otasidaqa fe’lli bo‘lgani uchun qizlarni ota-o‘g‘il bemalol kaltaklardi. Lekin ota-o‘g‘il doim tortishardi. Ota qarg‘ardi. Hozirgi paytda ota namoz o‘qiydi orada o‘rtoqlari bilan uchrashib qolsa ichadiyam. Endi farzandlariga ayolini tinmay yomonlaydi. Tasdiq qilganni yaxshi ko‘radi rad qilganni oq qiladi. O‘g‘lini orqasidan “oqpadar”, qizlarni “falondaqalar” deb ataydi. Xotini namoz o‘qib, ro‘za tutsa "men sendan noroziman meni roziligimsiz hech narsa bo‘lmaysan bekor ovora bo‘lma. Baribir do‘zaxisan. Hammang do‘zaxda yonasanlar, senlarni tepada-jannatda kuzatib turaman, lekin otalaringman o‘sha erdayam ichim achiydida senlarga" deydi. Bunda bollar oq hisoblanadimi? Otani roziligini, duosini olishga umid yo‘q hisobi. Hammani yomon ko‘radi. Endi bollarga yangi laqab qo‘ygan-manfurlar. Ular shuncha qiyinchilik ko‘rib yana do‘zaxiy bo‘ladimi? Bunda otani oq qilishga haqqi bormi? Bu bitta oilani 25-30 yillik hayotidan bir tomchi xolos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Undaylarni oq qilishi ham, noroziligi ham o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Undaylarni oq qilishi ham, noroziligi ham o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush