Qaytarma qilib dam solish
Assalomu alaykum! Aziz zikr axli bo‘lmish ustozlar. Savolim: Onam orqali ekan va bo‘yniga olib odamlarga qaytarma qilib dam solyabdi. Agar klietlariga odamlar ilmu-amal sexru-jodu qilgan bo‘lsa Qur’ondagi suralarni o‘qib Allohdan shu sexru amallarni echishini so‘rayman va keyin azizlarimdan so‘rayman diyabdi. Oldilariga o‘sha odamlarni rasmlarini qo‘yib ustiga sedana, shakar, sham yana bir balolarni qo‘yib dam solib qaytarma qiladi. Onamni bu qilgan ishi Allohga shirk keltirish va sexru jodu qilgan xisoblanadimi? Alloh shu ishlardan qaytarganmi? Meni o‘zimi tushincham bu shirk va onamni bu ishni qilmaslikka chaqirdim lekin men faqat yaxshilikka qilaman birovga sexr jodu qilmiman diyabdi. Shunaqa deydiku, lekin agar biror ayolni eri boshqa xotin bilan yurgan bo‘lsa o‘sha ayol onamni oldiga keladi va erimni u xotindan ko‘ynini sovutib bering deb va onam shu ishni qiladi. Shu ishini yaxshilikka qilyabman deydi. Iltimos shu ish noto‘g‘ri ekanligiga tushuntirib beringlar, agar onam shu ishni qilmasa og‘rib qolar ekanmush. Yordamilarga muxtojman. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh bu ishlardan qaytargan. Onangiz og‘rimasligi uchun quyidagi vazifani qilsa hech qanday narsa zarar etqazolmaydi.
Ertalab va kechqurunda 11marta salovat keyin “Fotiha”, “Oyatul kursiy” va 4ta “Qul” bilan boshlangan suralarni va oxirida yana 11 marta salovat o‘qib dam solish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 207 | Dolzarb savollar