Qazo namozni o‘qish

Assalomu alaykum! Man qazo namozlarimni quyidagi tartibda o‘qiman! sano duosini o‘qimayman, rukuda subxana robiyal aziymni 1 marta aytaman va sajida duosini xam bir marta aytaman! Namozni oxirgi rakatida o‘tirib faqat tashaxud duosini o‘qib ikki tarafga salom beraman! faqat oldingi qazo namozimni shunaqa o‘qiman. Shu tartibda o‘qisam tezrok qazolorim tugayapti. Aytingchi shu tartibda o‘qisam namozlarim drust bo‘ladimi? sunnat namozlarini o‘rniga faqat qazo namoz o‘qiyman xatto masjidda xam! 2). Taxoratda 4 ta farz bor! Shu farz qilingan joylarni yuvib qolgan joylarni yuvmasa masalan og‘iz, burun joylarni nazarda tutyapman! Shu xolatda taxort olgan bo‘ladimi? Bu savolni berishimdan maqsad ko‘chada sovuq vaqtlarda tishi og‘ridigan odam muzdak suvda og‘iz chaysa tishi og‘ridi!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Sano o‘qish sunnat, tasbehlarni uch marotabadan qiling. Qiyomat kunida o‘sha kunlarni namozini ado qilganlar qatorida bo‘lishni xohlasangiz to‘liq ado qiling. Sunnatni qazosini o‘qimaysiz. 2). Farzini o‘zini yuvish bilan ham tahorat tahorat bo‘ladi. Ammo bunga odatlanib olmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar