Imomi A’zam haqlarida xabar qilinganmi

Assalomu alaykum! Ustozlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mazxabboshimiz Imomi A’zam rohmatullohi alayh haqlarida xabar berganmilar? Shunday xadis bormi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aynan Imom A’zam rahmatullohi alayhning ismlarini aytib bashorat bergan hadis yo‘q. Hadisda “Fors o‘g‘lonlaridan biri” deyilgan, barcha ulamolar “Bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhga to‘g‘ri keladi” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar