Oilamdagilarning gap so‘zlari ruhiyatimga ta’sir qilmoqda

Assalomu alaykum! Men yaqinda nomoz o‘qishni o‘rganib diniy bilimlarni o‘rganishni xohladim uyda nomoz o‘qisam oilamdagilar nega o‘qivossan senga shartmas hali o‘qishingni o‘qi oqimlaga qo‘shildingmi degan savollar bilan ko‘mib tashlashdi. O‘zim studentman hammasini birgalikda olib ketmoqdaman qiyinchligiga chidayman ammo oilamdagilarning bunday tazyiqi meni ruhiyatimga ta’sir qilmoqdalar. Nahotki menga ishonishmaydi deb juda xafa bo‘laman. Axir Dinimizda hamma narsani yaxshi tarafini o‘ylash kerak deyilganku. To‘g‘ri ular ham boshqa yo‘llarga kirib ketmasin deyishadi, ammo o‘zlari bergan tarbiyaga ishonmasliklari ba’zida meni xafa qiladi. Iltimos maslahat beringlar. Oldindan rahmat...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahobalar ham ayni sizni holatingizda bo‘lishgan. Ular sabr qilishdi, chiroyli yo‘l bilan ibodatlarda davom etishdi va Alloh taolo “Bayyina” surasida ular haqida  جَزَاؤُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا رَّضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ ذَلِكَ لِمَنْ خَشِيَ رَبَّهُ۝ 8. Ularning mukofotlari Robblari huzuridagi ostlaridan anhorlar oqib turgan adn jannatlaridir. Unda abadiy – mangu qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi bo‘ldi, ular ham Undan rozi bo‘ldilar. Bu Robbidan qo‘rqqanlar uchundir – deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:56 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar