XATNA TUYI XAKIDA

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatux! Muxtaram ustoz. Sizga savol ila murojaat kilishga izn bergaysiz.Alloxga bexisob shuklar bulsinkim, U Zot meni ugil farzand ne’mati ila rizklantirdi. Xozirda 2 nafar uglim bor. Katta 3 yoshga kirdi. Kichkinasi 1 yasharga kadam kuymokda. InshaAllox vakti kelib ularga sunnat tuyi kilish niyatidamiz. Lekin xozirdan men va oilamizdagi ayollar (ya’ni onam va rafikam) urtasida sunnat tuyi tugrisida ozgina tortishuvlar bulib turadi (bu yaxshi ma’noda albatta, janjal ma’nosida emas). Men xatna marosimini iloji boricha ixcham, isrofsiz utkazish tarafdoriman. Maxalla kuy, karindosh-uruglarga osh tortiraladi albatta, ilmli ulamolarimizni olib kelib amri ma’ruf va naxiy munkar majlisi xam uyushtirish niyatim bor. Odatga aylanib kolgan, kechkurun bazmga uxshagan marosimlarga umuman karshiman, buni kilmayman. Lekin onam va rafikam ayollar uchun kushikchi olib kelamiz. 5-6 ta kushik aytib bersin. Buni yomon joyi bulmasa kerak, deyishmokda. «Xadis va xayot» kitobida tuy marosimlari xakida kup ma’lumotlar yozilgan deb eshitganman, lekin xali bu kitobni ukiganim yuk. Iloji bulsa kuyidagi tushunmovchiliklarni echib bersangiz:1. Xatna munosabati bilan erkaklarni aralashtirmay ayollar uzlari kuy-kushik tinglab, raksga tushishlari joiz buladimi? 2. Xatna tuyida karnay-surnay olib kelsam buladimi?JAVOBINGIZ UChUN TAShAKKUR!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nikoh kitobi. Kitobni sotib olgan yaxshi. Ammo uni o‘qimasdan, boshqa odamdan kitobining ichida nima borligini so‘rash, yaxshi emas.

28 Aprel 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar