Xayriyaga olingan narsani etkazish

Assalomu alaykum! Bir odamga sadaqaga ajratilgan 50$ pul o‘sha odamga etib bormadi. Keyin u pulga kolyaska olindi va O‘zbekistonga jo‘natib yuborildi, u kolyaskani sotib olgan odam sadaqaga muxtoj emas va o‘sha olgan kolyaskani pulini, 50$ ni sadaqa qimoqchi bo‘lgan odam nomidan sadaqa qildi. Bu erda ikkala odam, kolyaskani jo‘natgan va uni sotib olgan xam sadaqa qilganlik savobini oladimi? Ilmingizni Alloh ziyoda qilsin, rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vakil noto‘g‘ri ish qilibdi. Etkazishi kerak bo‘gan joyga etkazishi kerak edi. Aks holda sadaqa qilgan kishiga o‘sha pulni nima qilganini bildirib qo‘yishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:50 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar