Kazo namozim

Assalomu alaykum! Ustozlar, qazo namozlarim ko‘p, xar namozimda bittadan qazo qo‘shib o‘qiyapman, lekin peshinni o‘qish ish vaqtimga to‘g‘ri kelib qolyapti, shuning uchun faqat peshin namozini farzini va qazosini o‘qisam bo‘ladimi? Ya’ni sunnatini o‘qimasdan, qolganlarini sunnati bilan o‘qiyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kunlik besh vaqt namozni sunnatlari sunnati muakkada bo‘lgan amaldir, ya’ni vojibga yaqin amaldir. Tark qilmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:05 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar