Do‘stlar eski gunohlarni eslatishsa

Assalomu alaykum! Hozir besh vaqt namozimni o‘qiyman, lekin do‘stlarim avvalgi qilgan ishlarimni yuzimga solishadi, lekin men tavba qilganimni aytsam xam, ularga nima deb javob berishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Gunohdan tavba qiluvchi xuddi gunoh qilmagandek” deganlar. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ عَيَّرَ أَخَاهُ بِذَنْبٍ لَمْ يَمُتْ حَتَّى يَعْمَلَهُ  Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim birodarini bir gunohda ayblasa, o‘zi o‘sha (ish)ni qilmay turib o‘lmaydi», dedilar».
Sharh: 
Birovlarning aybini behuda ravishda, g‘iybat tariqasida gapirish o‘z egasining boshiga kulfat keltiradi. Tavba qilib, xatosini yashirib yurgan odamlarni ayblash yaxshi emas. Ammo tavba qilmay, oshkora tarzda gunoh qilib yurganlarni tanqid qilish joiz. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:22 | Savol-javoblar | 152 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar