Diqqatni jamlay olmaslik
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin! Vaqtingizni olgan bo‘lsam, uzr. Oxirgi vaqtlarda tahorat olishda, namoz paytida menda g‘alati holat kuzatilyapti. Tahoratda qaysidir tana a’zomni yuvmaganday tuyuladi va yana qaytadan tahorat olyapman. To‘rt rakatlik farz namozlarda bir rakatini o‘qimagandek tuyuladi yoki zam surani tushirib qoldirganday bo‘laveradi, bunday holatlarda namozni yoki qayta o‘qiyapman yoki sajdai savh qilayapman. Nega bunday bo‘layotganini o‘zim ham tushunmayapman va nima qilish kerakligini bilmay qoldim, bunday holat meni tashvishga solyapti. Iltimos, maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kamroq televizor ko‘ring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:27 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kamroq televizor ko‘ring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:27 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar