Ayol kishi ota-onasiga yordam berishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin. Kasbim o‘qituvchi, turmushga chiqqanman. Ota-onam uch singlim va bir ukam bilan turishadi. Ularga doim moddiy yordam berishga harakat qilaman. Turmush o‘rtog‘im ota-onamga yaxshilik qilishimga qarshilik qilmaganlar. Lekin har safar ulardan bunga ruxsat so‘rashga xijolat qilaman. Erimdan ruxsat olmasdan yoki ularga bildirmay ota-onam va singillarimga moddiy yordam berishim mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shaxsiy mulkingizdan yordam berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar