Avratlari ochiq bo‘ladigan ko‘ylaklarga material sotish

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahlidan so‘rang hay’at a’zolari. Biz bozorda material sotamiz. Asosiy sotiladigan mollar ayyollar kiyimiga tegishli. Ba’zilari kechki to‘yga kiyadigan kiyimlik material. Ba’zida ayollar kelib yarim yalong‘och kiyimni rasmini ko‘rsatadi. Shunday kiyim chiqadimi shu matodan deydi. Biz ha deb sotamiz. Savolim shuki, bizdan olgan matoni tiktirib kiysa aniq gunohkor bo‘lishini bilib sotsak halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha kiyimni joiz o‘rinda masalan eri va mahramlari oldida kiysa bo‘ladigan bo‘lsa sotish joiz. Boshqa nojoiz joylarga kiyib borishi o‘zining ixtiyori. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar