Yangi chiqqan oyni ko‘rib duo qilish
Assalomu alaykum! Onam osmonda yangi oy chiqqan vaqtida oyga qarab hojatini aytadi. Men esa bu ishingiz yaxshi emas nima niyatingiz bo‘lsa Allohdan so‘rang deb aytaman. Onamning bu ishlari shirk emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oyni beruvchi deb e’tiqod qilsa shirk. Oy yangi chiqqanida quyidagi duo o‘qiladi. عَنْ طَلْحَةَ بْنِ عُبَيْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا رَأَى الْهِلَالَ قَالَ: اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ حَسَنٍ Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko‘rsalar, «Allohim! Uni bizga xayr-baraka, iymon, salomatlik va Islom ila chiqargin. Robbim va Robbing Allohdir», der edilar».
Termiziy hasan sanad ila rivoyat qilganlar. عَنْ قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ نَبِيَّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا رَأَى الْهِلَالَ قَالَ: هِلَالُ خَيْرٍ وَرُشْدٍ، هِلَالُ خَيْرٍ وَرُشْدٍ، هِلَالُ خَيْرٍ وَرُشْدٍ، آمَنْتُ بِالَّذِي خَلَقَكَ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي ذَهَبَ بِشَهْرِ كَذَا وَجَاءَ بِشَهْرِ كَذَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam qachon hilolni ko‘rsalar: «Hilolu xoyrin va rushdin. Hilolu xoyrin va rushdin. Hilolu xoyrin va rushdin» va uch marta «Aamantu billazii xolaqoka», der edilar. So‘ngra «Falon oyni ketkazib, fiston oyni keltirgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Sharh: Duoning ma’nosi: «Yaxshilik va hidoyatga chorlovchi oy. Yaxshilik va hidoyatga chorlovchi oy. Yaxshilik va hidoyatga chorlovchi oy. Seni yaratgan Zotga imon keltirdim».
Har birimiz ushbu duolarni yod olib, o‘z vaqtida o‘qib yurmoqni odat qilish zarur. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar