Kalta kiyim ishlab chiqarish
Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlardan Alloh rozi bo‘lsin! Man kiyim ishlab chiqarish soxasida faoliyat yuritaman. Ayollarning kiyimini ishlab chiqaramiz. Bizda engi kalta va uzunligi tizza baravar keladigan ko‘ylaklar xam tikiladi. Savolim shuki, shu kabi ko‘ylaklarni sotishdan keladigan daromad-foyda xalol hisoblanadimi? Javoblaringiz uchun oldindan Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uni joiz holatda ham kiyish mumkin bo‘lsa ya’ni o‘zini eri va farzandlarining yonida kiyib yursa bo‘ladigan bo‘lsa, savdosi joiz. Nojoiz o‘rinda kiyishi o‘ziga havola. Ammo faqat o‘shanday nojoiz joylardagina kiyishi aniq bo‘lsa, bilib turib sotish gunohga yordam berish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat