Ikkilanyapman

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men foydalanadigan aloqa kompaniyasiga oylik 10 $ to‘lab ma’lum bir limit sotib olaman. Menda bunday holat ro‘y beryapti. Qo‘ng‘iroqlarga berilgan limit tugagach, hisobimdan olinadigan pulni olmayapti. Lekin undan ortiq pul to‘laydigan odam emasman. Xudoni marhamati deb qabul qilib foydalanib yuribman. Aytingchi bu holatda men gunohkor bo‘lamanmi? Yoki aloqa operatoriga qo‘ng‘iroq qilib aytishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz o‘z haqqingiz bo‘lmagan narsani bir kun to‘lashligingiz shart bo‘ladi. Alloh taolo halol narsalarni ne’mat qilgan. Haromlari uchun azob bor. Operatordan surishtirib ko‘ring, balki sizdan boshqalarga ham shu kabi imtiyoz bordir. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar