Imomlar haqida
Assalomu alaykum! Ustozlar agar odobsizlik bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Alhamdullilah xar zamonda oilamdan oshirib exson qilishni yaxshi ko‘raman. Iloji boricha shariat belgilaganday sarflashga xarakat qilaman. Lekin meni bir savol qiynaydi, xozirgi masjid axlini axvoli qanday? Hamma xar xil gap aytadi, ko‘plar aytadiki xozir janoza falon pul, nikoh falon pul, bir oyda faloncha bo‘ladi, shu pullarni xammasi bo‘lib olishadi. Ko‘pini ikkitadan mashinalari bor deyishadi. Shu haqida xabar bersangizlar. Men o‘zimcha o‘ylayman, qachon masjidga borsak masjidda bo‘lishsa biron bir kasb qilishga vaqti bo‘lmasa oilasini qanday boqyapti ekan. Bizlarku tun kun dunyoni orqasidan quvsak, namozlarni chala chulpa o‘qisak shunday din xizmatkorlarini bir yilda bir yo‘qlamasak erta qiyomatdagi xisobimizni yana og‘irlashtirmayapmizmikan yo odamlar aytyotganiday ular bekamu ko‘st yashayaptimikan?! Eskilar oldin axli ilmlarni oilasiyu o‘zini ta’minlab keyin o‘ziga oilasiga ishlatishar ekan. Xozir ayni chappasi, oilasidan ortganini xam berishmay xar xil noshar’iy ishlarni qilishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz ham bilmaymiz nima qilishlarini. Ammo o‘zimizga yaqin imom do‘stlar xolis Alloh uchun xizmat qilib, boshqa yo‘l bilan tijorat qilib sheriklikka yoki muzorabaga pul tikkanlarini bilamiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:48 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar