Qo‘shni bilan er bo‘lish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men qo‘shnimiz bilan chegarani aniqlab oldim, lekin chegara biz tarafdan belgilangan bo‘lib qoldi. Keyin men qo‘shnim bilan belgilagan chegaradan u yo‘qligida uzunligi 5m joyni 10smga ular tarafga surib beton quyib oldim. Hozirda shu holatda turibdi. Bu ishimni hukmi qanday? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh hammamizni hidoyat qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘zingiznikidan kechib qo‘shib bersangiz yaxshi. Ularnikidan qo‘shib olgan bo‘lsangiz bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim bir qarich erga zulm qilsa, qiyomat kuni etti qavat erdan bo‘yniga tovq (kishan) solinadi», deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 160 | Administrator