Oilamdagi holat
Assalamu alaykum! Savolim shuki men turmushga chiqqanimga 7 yil bo‘ldi. O‘sha vaqtlar odiy odamlardek edik, 2 nafar o‘g‘lim bor, menga qarindoshlarni ziyorat qilish, onamni uyigayam kelishim erimga yoqmaydi. Yig‘lab yalinsamam ruxsat bermaydilar. To‘y-marakalarga borishga umuman haqqim yo‘q, men tog‘am, buvi buvamni qo‘lida katta bo‘lganman. 1 ukam bor, onam Rossiyada ishlaydilar, 1 yilda 1 oyga keladilar. Shunda ham 2 marta zo‘rg‘a keldik. Otam 3 yoshligimda chet elga borib, shundan kemadilar. 8 yildan so‘ng kelib boshqaga uylandilar. Mening 4 xolam va tog‘amdan boshqa qarindoshlarim yo‘q. Yana bir gap, u kishi mani o‘z bolalarimga ushlab turadilar va o‘z bolamdan tayoq egan paytlarim ko‘p, ko‘kargan joyimam bo‘lgan, o‘za bolalarimga behurmat qiladi. Shuni so‘ramoqchiydimki, tog‘am va qarindashlarni ziyorat qilishga va to‘y marakalarga qo‘ymasliklari va bolalarimga o‘rgatayotganlari to‘g‘rimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Er xotinning xo‘jayini emas. U ayolning umr yo‘ldoshi, erning qo‘lidagi omonati, Allohning suyukli bandasidir. Xususan namozda, solih amallarda bardavom bo‘lsa uning Allohning nazdida darajoti baland bo‘ladi. Unga zulm qilish, obro‘sini to‘kish, o‘z tuqan bolasiga urdirish o‘ta jirkanch ish hisoblanadi. Agar ayol “Allohga soldim” desa erning holiga voy bo‘ladi. Er o‘zini o‘nglab olishi uchun va ayolidan kechirim so‘rashi uchun Alloh taolo muhlat berishi mumkin. Bunga aldanib qolmasligi kerak. Alloh ursa yomon bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 05:29 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush