Akkaunt

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tanishim bilan baxslashib qoldim. U inson kontakt, instagram va shunga o‘xshash ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochib sotib pul topadi. Kimga sotayotganingni, u keyinchalik nima bilan shug‘ullanishini bilasanmi desam yo‘q, orada dallol bor u xal qiladi dedi. Ustozlar, keyinchalik u erda harom ish bilan shug‘ullanilsa gunoxiga sherik bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bilib turib qilsa sherik bo‘ladi, chunki bu gunohga yordam berish hisoblanadi. Yomon tomoni har bir qilingan gunohdan unga ham nasiba bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar