Do‘zaxi
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, bir maro‘zada yaxshilik ziynatli ishlarni o‘ng qo‘l bilan qilishga targ‘ib qilingan. Aksincha chap tarafdan noxush nopok ishlarga xos qilingan, axli do‘zaxilar chap tomon soxiblari deyilgan ekan, man chapaqayman lekin ovqatni, yozish chizishlarni o‘ng qo‘lda qilaman. Yumushlarni esa chap qo‘lim bilan qilaman. Man do‘zaximanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslo unday xayolga bormang. Insonning yaratilishida uni hech qanday daxldorligi bo‘lmaydi. Alloh qanday xohlasa shunday yaratadi. Alloh yaratgan tabiatni hech kim o‘zgartira olmaydi ham. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Tog‘ o‘rnidan siljibdi desa tasdiq qilinglar, insonnin tabiati o‘zgaribdi desa tasdiq qilmanglar” deganlar. Kimdir jahli tez, kimdir baxl, kimdir saxiy, kimdir yolg‘onga moyil, kimdir shahvati g‘olib, kimnidir shahvati sust qilib yaratilinadi. Buni o‘zgartirishni aslo iloji yo‘q, inson o‘sha tabiatni poklashga, kontrol qilishga burilgan va o‘sha ishi evaziga ajr oladi. G‘azabi qattiq insonlarga Alloh taolo g‘azablarini yutishga buyurgan. Evaziga esa bu ishlari ularni Allohning eng suyukli bandalaridan bo‘lishiga sabab bo‘lishini bayon qilgan. Kimdir shahvati g‘olib qilib yaratilgan. Inson esa o‘sha shahvatni halol yo‘ldan qondirishga va uni jilovlashga burilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:07 | Savol-javoblar | 150 | Islam