Avtobusdagi voqea
Assalomu alaykum! Men talabaman, bundan 2-3 yil oldin bir kuni avtobusda bir yoshi katta odam turib o‘zi tengilarga joy berayotganini ko‘rdim. So‘ng u odamga yaqinlashdim va unga sizga qoyil qoldim juda yaxshi odam ekansiz dedim. Biz gaplashib borardik, shunda gapdan gap chiqib namozdanam savobliroq amalni aytaymi dedilar va qandaydir kitobni aytib, shu kitobda «2 ta odammi, 2 ta hayvonmi yoki odam bilan hayvonmi urishayotganini guvohi bo‘lib ularni ajratib qo‘ysa savobi namozdan ham ulug‘» deb yozilgan. Siz ham talaba ekansiz namoz o‘qishga imkoniz yo‘q, shuning uchun yuqoridagilarga amal qiling va men sizga katta narsani o‘rgatdim shuning uchun meni butun umr duo qilib yuring qiyomatda duolaringizni so‘rayman dedilar. Keltirilgan hadis dinimizda bormi?
2). Men ularni doim duo qilib yurishim lozimmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). O‘rtani isloh qilish dinimizda targ‘ib qilingan amal, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “kufr bilan iymonning o‘rtasidagi farq namozdir” deganlar. 2). Va’da bergan bo‘lsangiz va’dangizni bajaring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar