Janoza haqida savol
Assalomu alaykum! Barcha qilayotgan xayrli ishlaringizga Alloh barokot bersin. Bir tanishimiz 70-yillarda homiladorligi 6 oylik paytida to‘lg‘oq tutib tuqqan ekanlar. O‘g‘il farzand tug‘ilib bir ozdan so‘ng o‘lgan, farzand yig‘lamagan lekin xarakat alomati bo‘lgan ekan. Shunda erkaklar bomdodga borib janozasiz ko‘mib kelishgan ekan. Savolim hozirda shu chaqaloqqa ism qo‘yib g‘oyibona janoza o‘qib qo‘yish lozimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Janoza o‘qilmaydi. Chunki janozani hozir bo‘lgan jasadga, badan chirimagan, yonib suyaklarini o‘zi qolmagan bo‘lsagina o‘qiladi. Mazhabimizda g‘oyibga janoza o‘qish yo‘q. Masala: Biror jasadning bo‘laklari topilsa. Biror mayyitning to‘liq jasadi topilmay badaning ba’zi bo‘laklari topilsa, uning bir necha surati bor. - Jasadning faqat qo‘l yoki oyoq yoki boshning o‘zi yoki jasadning boshsiz, oyoqsiz, qo‘lsiz qismi yoki biror boshqa a’zoning o‘zi topilsa, unga g‘usl, kafan, janoza namozlarining birortasi vojib bo‘lmaydi. Balki biror matoga o‘rab shundayligicha dafn qilinadi. (RM) - Jasadning bir nechta a’zosi topilsa, masalan ikki oyoq yoki ikki qo‘l yoki bir oyoq, bir qo‘l yoki shu kabi bir necha a’zolari topilsa-yu, butun jasadning yarmidan kam bo‘lib ko‘proq qismi topilmasa, unga g‘usl, kafan, janoza namozlarining birortasi vojib bo‘lmaydi. Balki biror matoga o‘rab shundayligicha dafn qilinadi. (RM) - Agar jasadning yarmi topilsa-yu, boshi bo‘lmasa, unga ham g‘usl, kafan, janoza namozlarining birortasi vojib bo‘lmaydi. Balki biror matoga o‘rab shundayligicha dafn qilinadi. (RM) - Agar mayyitning jismining yarmi boshi bilan topilsa, unga g‘usl qildirilib, kafanlanadi va janoza namozi o‘qib, sunnatga muvofiq dafn qilinadi. (RM) - Mayyitning jasadining ko‘proq qismi boshisiz topilsa, unga ham g‘usl qildirilib, kafanlanadi va janoza namozi o‘qib, sunnatga muvofiq dafn qilinadi. (RM) 24- Jasadning bir bo‘lagi topilganidan keyin boshqa a’zolari ham topilsa. Biror mayyitning jasadining ko‘proq qismi topilib, ozroq qismi topilmasa va ko‘proq qismiga janoza namozi o‘qilib dafn qilinganidan keyin qolgqn bo‘laklari ham topilsa, qolgan qismilariga janoza o‘qilmay, shundayligicha biror matoga o‘rab dafn qilinadi. (FH) 25- Tirik turib biror a’zosidan ayrilsa. Biror kishi tirik bo‘la turib badanidan biror qismini amaliyot yoki boshqa yo‘l bilan kesib tashlansa yoki uzilib tushsa, o‘sha a’zoga g‘usl ham qildirilmaydi, janoza ham o‘qilmay biror matoga o‘rab ko‘miladi. (DM) Jasad yonib kulga aylanib qolsa. Kim yonib butkul kulga aylansa yoki badanining ko‘p qismi yonib kul bo‘lsa, unga g‘usl, kafan va janoza namozining birortasi vojib bo‘lmaydi. Shundayligicha biror matoga o‘rab, dafn qilinadi. (FH) Agar badanning ko‘p qismi saqlanib qolsa, garchi boshi yo‘q bo‘lsa ham yoki badanining yarmi boshi bilan birga saqlanib qolsa yoki go‘sht, suyaklari qolsa, unga g‘usl qilidirilib, kafanlanadi va janoza namozi o‘qib, dafn qilinadi. (FH). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:28 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar