Namozni qayta o‘qiymi?

Assalomu alaykum! Masjidimizda imomlikka o‘tadigan yoshi kottalar bor. Ular birlari bo‘lmasa birlari imomlikka o‘tishadi, lekin harflarni maxrajidan chiqarib qiroat qilishmaydi. Man arabchadan yodlaganman, Hazrat rahimahullohning “Hadis va Hayot” 6-namoz kitoblarini o‘qidim va surishtirsam man ularga iqtido qilsam gunohi manga bo‘larkan. Ya’ni man uchun namozni qayta o‘qib olish vojib ekan. Man nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular harflarni to‘liq talaffuz qilmaganliklari uchun omi hisoblanishadi. To‘g‘ri o‘qiydigan kishining omiga iqtidosi joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:48 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar