Qurbonlik turlari
Assalomu alaykum! Ustozlar, qurbonlikni turlari haqida ya’ni vojib, sunnat va nazr bo‘ladimi? Bir qora molni 7 kishi so‘yishsayu ularni orasida birini moli nisobga etmaganligi sababli nazr qilgan bo‘lsa go‘sht taqsimoti qanday bo‘ladi? Nazr qilgan ham pishirib ehson qilaveradimi yoki sheriklaridan biri sunnat deb so‘ygan bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Badoi’ ussanoi’” kitobining sohibi qurbonlik qilishni nazr qilish bilan jonliq so‘yishni nazr qilishni ajratganlar. Qurbonlik qilish faqat qurbonlik kunlarida bo‘ladi. Jonliq so‘yishni nazr qilish esa masalan “Tuzalsam jonliq so‘yaman, ishim bitsa jonliq so‘yaman” kabilar qurbonlik kunlariga xos bo‘lmaydi. Bulardan maqsad so‘yib, go‘shtini faqir-miskinlarga tarqatish bo‘ladi. Shuning uchun bundan nazr qilgan odam va uning yaqinlari eyishi joiz bo‘lmaydi. Ya’ni hammasini faqir-miskinlarga tarqatish kerak bo‘ladi. Qurbonlik qilishni nazr qilgan odam esa qurbonlik kunida qurbonlik qilishni maqsad qilgani uchun qurbonlik qilishi bilan nazrni ado qilgan bo‘ladi, go‘shtidan o‘zi va yaqinlari eyaveradi. Birinchi turdagini emasligiga sabab shariatimizda qurbonlik va aqiqadan boshqa holatlarda ibodat tariqasida jonliq so‘yish yo‘q. Jonliq so‘yishni niyat qilgan odamni ishi bekorga chiqmasligi uchun fuqaholarimiz “Bunday kishi so‘yib, go‘shtini faqir-miskinlarga tarqatishni niyat qilgan bo‘ladi. Shuning uchun o‘zi eyishi joiz bo‘lmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:53 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar