Xizmat haqi o‘rniga
Assalomu alaykum! Ustozlar, men savdoda ishlab chikarish bo‘yicha ishlayman. Men 1 joyda odam ishlatdim, ular tovarimni juda yomon qilib tayyorlab berishdi. Boshida yaxshi edi, keyin aynidi. Men bu yomon chikkan tovarlarni sota olmayapman, odamlarni aldolmayman, menda u odamning ish xaqi qolgan shu ish haqini bermasdan, yomon tayyorlangan tovarlarni bersam bo‘ladimi? Chunki bu tovarlarni boshqattan qaytadan yaxshi kilib tayyorlab bo‘lmaydi. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Orangizda qanday muomala bo‘lganiga guvoh emasmiz. Siz qilgan ishni shariatimizda istisno, ya’ni buyurtma asosida narsa tayyorlatish deyiladi. Agar ishlab chiqaruvchi siz aytgan sifat va me’yorda tayyorlagan bo‘lib, aytilgan muddatda sizga topshirgan bo‘lsa bozorda o‘tmay qolgani uchun pulidan ushlab qolishga haqqingiz yo‘q. Agar siz aytgan sifat, me’yordan boshqacha qilib, tijoratchilar nazdida “boshqacha”ligini tan oladigan darajada buyurtmani buzib tayyorlab bergan bo‘lsa, olmaslikka ixtiyoringiz bor. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:31 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat