Namoz o‘qimaydigan odamga zakot

Assalomu alaykum! Alloh rozi bo‘lsin. Ijozatingiz bilan savolimni bersam. Zakot pulini beva ayol qarindoshimizga berib kelyapmiz, u kishi namoz o‘qimaydi, xulqi yaxshi, spirtli ichimlik ichmaydi. Shu joizmi yoki namoz o‘qiydigan odamga qaytadan beraylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Molingizni muhtoj hamda pokiza insonlar egani yaxshi. Qarindoshingizni ham shunday bo‘lishga targ‘ib qilinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:34 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar