Mayyitning qarzi
Assalomu alaykum! Mayyitga janoza paytida mayit egasidan mayyitning qarzi bo‘lsa xat hujjat bilan kelsa ado qilasizmi deyiladi. Savolim, mayyit egasidan mayyitning karzini so‘rab kelinsayu hech qanday qog‘oz va guvohlarsiz hatto mayyit egasining ham xabari bo‘lmasa, qarzni qaytarish kerakmi? U odam aldayotgan bo‘lsachi? Agar rost bo‘lsayu guvohsiz kelgani uchun qarz ado qilinmasa mayyitning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir narsaning aniq haqiqati Allohga ma’lum. Aslida aniq hujjat va guvohsiz qilingan da’voga javob berilmaydi. Lekin qalbi taskin topmasa, ozroq bo‘lsa berib yuborgan yaxshi. Mabodo qarzi bo‘lsa qarzidan, bo‘lmasa sadaqa o‘rnida o‘taveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:10 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar