Bir kunda ikki marta taroveh o‘qish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, taroveh nomozini masjidda imom bo‘lib yoki imomga iqtido qilib 20 rakat o‘qib bo‘gandan so‘ng, uyga kelib yoxud yana boshqa masjidga borib yana 20 rakat xatmga o‘tsa bo‘ladimi? 1 kunda ikki xil joyda jami 40 rakat tarovex o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizning mazhabda taroveh namozi 20 rak’at bo‘lgani sababli, siz aytgan holat joiz emas. Imom nafl, muqtadiylar esa sunnati muakkadani ado qilayotgan bo‘ladilar. Bu joiz emas.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:14 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar