Olgan narsam halolmi?

Assalomu alaykum! Bir magazindan velosipedim uchun qo‘l tormoz oldim. U erda egasi va yordamchisi turgan edi. Men yordamchisi bilan savdolashdim necha pul dedim 60.000 so‘m dedi, bo‘lishi 50.000 so‘m dedi. Egasi yo‘q  50.000 so‘mgayam to‘g‘ri kelmaydi dedi. Men aka nima ikki xil gapiraslar dedim, yordamchisi bo‘ldi 50.000 bering bo‘ladi dedi. Men egasiga norozi bo‘lsangiz kerakmas dedim u indamadi. Yordamchisi bo‘ldi oling 50.000 ga dedi. Men pulini sanayotganimda egasi daftardagi kelgan narxini yordamchisiga ko‘rsatdi 45.000 kelgan nimaga tavakkal aytasan dedi  50.000 berdim yordamchisiga rozimisiz dedim roziman dedi. Egasi rozi emasga o‘xshadi. Menga shu olgan narsam halolmi yoki egasini roziligini olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz uchun halol. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:23 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar