Iqtido qiluvchiga iqtido qilish

Assalomu alaykum! Agar bir kishi ikkinchi bir kishiga iqtido qilsa, birinchi kishi namozini tugatib turib ketsa, yangi kelgan yana bir namozxon xaligi iqtido qilib o‘qiyotgan namozxonga bilmasdan iqtido qilib qo‘ysa, qanday tadbir qilish kerak? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Takbir va qiroatlarni ichida qilib, indamasdan namozini o‘qiyverish kerak. Namozni tugatib keyin kelib qo‘shilgan odamga “Menga iqtido qilish joiz emas” deb aytib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar