Ustozni ranjitish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Ustozni shogird juda qattiq dilini og‘ritdi (masala shaxsiy bo‘lib buni ta’lim berishga aloqasi yo’q) shogird eng ishongan eng ko‘p mehnati, vaqti ketgan va eng mehr qo‘ygan shogirdi bo‘lib shogird ancha yutuqlarga ustozi sababli yetishgandi. Lekin taqdir ekan shunday vaziyat qaltis tus oldiki bir shaxs ustoz va shogird o‘rtasiga tushib ularni oralarni shaxsiy masalada buzib qo‘ydi. Ustoz shogirdiga haqiqatni aytishga uringanida shogird qo‘pollik va alam bilan ustozini gapiga emas aksincha o‘rtaga tushgan insonni gapiga ishonishini aytdi va ustozini «siz yolg‘on so‘zlayapsiz» deb qattiq dilini og‘ritdi. Natijada ustoz shogirdni o‘ziga aytmasa ham qalbini tub tubidan «senlardan ikki dunyoda rozi emasman, biring meni eng kotta gunoh yolg‘onchiga chiqarding vaholanki Alloh guvoh o‘rtadagi 3-odam yolg‘on ishlatib meni rost gapirsam ham yolg‘onchi qilib ko‘rsatadigan darajada fitna qildi» dedi va ularni qayta ko‘rishni istamasligini aytdi. U ustoz men ikkisini ham ikki dunyoda kechirmayman chunki meni yolg‘onchi deb atashgani bu meni xoin, xiyonatkor, nosamimiy va ikkiyuzlamachi deyishganidir, meni eng ishonganlarim aslo ularga bunday xoinlik qilmasligimga shuncha yillab guvoh bo‘lib kelib turib ham meni nohaq ayblab aybdor qilib qo‘yishgani uchun ham aslo ulardan rozi emasman men aslo bunday tuxmatni hazm qila olmayman dedi. Hatto ko‘ziga yosh quyilib kelib o‘zini yig‘idan to‘xtata olmadi. Savolim shuki hali umrim bino bo‘lib shogirdlarni ustozga bunday alamli va dil og‘ritadigan muomalasini ko‘rmagandim. U ustoz u shogirdi uchun doim qayg‘urardi hursand bo‘lsa hursand bo‘lib yiqilganda qo‘llab quvvatlardi. Shogird bularni bila turib bunday ish qilishi gunohmi? Ustozni norozi qilish ham gunohga kiradimi? Bu gunohning qaysi turiga mansub? Ustozni yig‘latish, norizo qilish, ma’naviy taxqirlashning oqibatlari qanday bo‘ladi? Shogird agar mabodo insof berib hato qilganini anglasa u gunohini yuvish uchun nima qilishi kerak? Bunga javoblar men uchun muhim iltimos javob bersangizlar! Alloh ilminggizga barakot bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozning roziligini olish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar