Tushdagi holat

Assalomu alaykum! Tushimda quyosh chiqib yana qaytib o‘sha joyiga botganini, keyin odamar qo‘rqib kutib turganini ko‘rdim. Qiyomat bo‘ldi deb qo‘rqib Allohdan panoh so‘rab bir muddat turdik… Shunga o‘xshash tushlarni bir necha marta ko‘rganman. Bu nimani anglatishi mumkin? Birovga shunaqa tushlarni aytib bersa bo‘ladimi? Hadislarda bu haqda biror gap bormi? Tushuntirib beringlar, iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo bandalarini hamma vaqt ogohlantirib turadi. Undan O‘zi tavfiq berganlari ibratlanadilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar