Oraga taloq tushganmi?

Assalomu alaykum! Avvalgi savolimdagi taloq masalasida so‘ramoqchiman. Er, homilador xotiniga “bolani oldirib tashla, agar oldirmasang taloqsan” degan. Homilani oldirib tashlagan. Shu holatda o‘rtaga taloq tushganmi? Ular hozirda birga yashab kelishmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lsa, oraga taloq tushmagan, lekin qattiq gunohkor bo‘lishgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar