Ovqatlanish odobi

Assalomu alaykum! Men internetdan Oydin Solih ismli tabibaning ovqatlanish tartibiga oid maqolasini o‘qib qoldim. Unda ovqatlarni aralash va ko‘p eyish zarari haqida hadisdan, qadimgi tib olimlari va zamonaviy tibbiyotdan dalillar keltirilgan ekan. Masalan ovqatdan keyin meva eyish zarari va eng qizig‘i biz nonni barcha narsa bilan esa bo‘ladi deb o‘ylardik,lekin nonni ham ko‘p narsa bilan eb bo‘lmas ekan masalan go‘sht oqsil non esa uglevod ikki birlashsa oshqozonda chiriydi zarali moddaga aylanadi deyilgan.Meni so‘ramoqchi bo‘lganim hadislarda shunga o‘xshash gaplar bormi.To‘g‘ri tib haqida bu saytdan so‘ralmaslik kerak lekin tibbiyot xodimlaridan so‘rashning foydasi yo‘q ularning o‘zlari ham hamma narsani aralashtirib eyishadi,ovqatlanishga gelganda kup odam nafsiga chidolmaydi,balki tib xodimlari ham bilsa ham eyaverishadimi,o‘zlari eyishsa boshqalarga ham shuni maslahat berishadi,balkim ilmli,izlanuvchan emasmi. Iltimos shu masalada yordam bering!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Tibunnabaviy” kitobini olib o‘qisangiz, siz so‘ragan narsalar batafsil yozilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 174 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar