Alla haqida

Izlash xizmatidan topolmadim. Bilamizki onalar chaqaloqqa alla aytishadi. Buni biror bir xosiyati bormi? Shu allaning o‘rniga sura aytib tursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Allaning asli Alloh bo‘lib, hadislarda “Farzandning tili Alloh bilan chiqsa, ota-onasining gunohi mag‘firat qilinadi” deyilgan. Shuning uchun onalarimiz Alloh taoloning mag‘firatidan umidvor bo‘lib, farzandlarini uxlatishlarida Allohni zikr qilganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar