Musnaddan

Assalomu alaykum! Abu Hanifa (r.a.) Abu Ya’furdan, u Abdulloh ibn Amrdan (r.a.) eshitgan bir kishidan rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Attob ibn Usaydni makkaliklarga boshliq qilib jo‘natayotganlarida unga bunday dedilar: «Makkaliklarni savdoda ikki shartdan, sotish va salafdan, sotib olgan molni qabul qilib olmasdan sotishlaridan qaytar”. Bu qaytariqlarni ma’nosini bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “sotish va salaf” degani “menga faloncha qarz bersang, senga falon narsamni sotaman” deyish kabidir. Bunda sotuvchi savdodan tashqari o‘zining foydasiga shart qo‘ymoqda. Shunday qilish joiz emas. Qo‘liga olmagan molni sotish ham joiz emas. Chunki uni qo‘lga kelishi yoki kelmasligi aniq emas. Bozorlardagi rasvogarchilikning asli ham o‘zida yo‘q narsani sotishdan boshlanadi. Bu hadisda shulardan qaytarilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:12 | Savol-javoblar | 130 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar