sadaqa xaqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizning mahallamizdagi masjid ko‘chasi asfalt qilinib, ta’mirlanmoqda. Masjiddagi sadaqa va ehson qutisiga xolis niyat va yordam tariqasida pul solinsa, keyin shu pullardan masjid ko‘chasining ta’miriga ishlatilsa, biz solgan pullar sadaqai joriya bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masjidning ehson qutisiga solingan pullarni masjiddan boshqa joyga ishlatish shar’an joiz emas. Hatto masjidning yonidagi tahoratxonasiga ham ishlatish joiz emas. Agar odatda ehson beruvchilar tahoratxonaga ishlatishni ham niyat qilsalar joiz. Buning uchun tahoratxonaning yoniga alohida quti qo‘yish kerak. Chunki tahorat qilish namozning shartlaridan bo‘lsada, shar’an tahoratxona va masjidning hukmi boshqa-boshqadir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:39 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar