Molchining ishi to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Ustozlarimizni ilmlarini Alloh Taolo yanada ziyoda kilsin. Savolni bir tanishimiz bilan bo‘lgan suhbatidan keyin berishga qaror qildim. U tanishimiz yoz mavsumida sigirlarini adirli yaylovda boqib beruvchilarga 3 yoki 4 oy muhlatga xizmat haqqini kelishgan holda berishadi. Tabiyki ularni orasida sog‘in sigirlar ham bo‘ladi. Sigirlarga xizmat haqi kamroq beriladi. Sababi sog‘ilgan sut mol boquvchini xizmat haqi hisobiga o‘tadi. Mol boquvchilar sutni ko‘prok sog‘ib olish maqsadida buzoqlarni yaylovda sigirni emib qo‘ymasin deb og‘ziga xalta tutib qo‘yishar ekan. Kechki mahal yaylovdan sigirlar qaytib kelgandan keyin sutlari sog‘ib olinar ekan. So‘ngra buzoqlarni og‘zidan xaltasini olib, sigirni yoniga qo‘shar ekan. Shu ishlarda shariatga zid holatlar mavjudmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday xizmatga yollashni ijara deyiladi. Ijarada xizmat haqqi aniq tayin qilingan bo‘lishi shart. Siz aytgan suratda esa, unday emas. Bunday bitmni tuzgan kishilar gunohkor bo‘ladilar. Shuningdek “Chorvamni boqasan, tug‘ilgan bolalarini yarmi seniki, yarmi meniki” deb kelishilgan bitm ham mutlaqo joiz emas. Bunday suratda suti ham, tug‘ilgan bolalarning hammasi chorvaning egasiniki bo‘lib, ajri misl, ya’ni odatda shuncha chorva boqadiganlarga qancha berish kerak bo‘lsa, shuncha beriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar