Instagram yoki mualliflik huquqi
Assalomu alaykum! Men Instagram ijtimoiy tarmog‘idan @madeenahmakkah nomli akkaunt ochganman. U erga rasm joylashda boshqa akkauntlardan va qiduruv tizmlaridan foydalanaman. Akkauntni ochishdan maqsadim shuki janoblar, bu erlarga borolmagan insonlar shu rasmlarni ko‘rib, balki imonlari sal ko‘payar va haj qilish maqsadlariga yanada ildamroq odimlashishar degan maqsadda ochganman. Rasmlarga izoh qoldirilsa izohlarni o‘chiraman. Meni qiynayotgan savol shuki: tepada nomlari keltirilgan mualiflarda. Ular mualliflik xuquqiga ega. Rasmlarni ularning ruxsatisiz ko‘chirganman, lekin yaxshilik maqsadida. Agar bu ishim shariatga zid bo‘lsa buning hukmi qandayligini aytinglar, akkauntni o‘chiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mualliflik huquqiga rioya qiling. Siz ko‘chirgan narsalarga mualliflarining munosabatini qarang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:16 | Savol-javoblar | 185 | Dolzarb savollar