Ro‘zador tuxum iste’mol qilishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ilmsizligimiz uchun bizni ma’zur tutinglar. Ro‘zadorga tuxum iste’moli joiz emasmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ro‘za tutishning yo‘l-yo‘riqlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek iste’moli halol yoki harom bo‘lgan narsalarning ham bayoni kelgan. Iste’moli halol bo‘lgan narsani har vaqt iste’mol qilish joiz. Sizning savolingiz boshqa din vakillaridan ta’sirlanish ortidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Lekin bu noto‘g‘ri tushunchadir. Vallohu a’lam.

28 Aprel 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 147 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar