Ro‘zada istinjo

Assalomu alaykum! Yaqinda men «ro‘zador ostini (mahrajini) yuvib, uni quritmay o‘rnidan turib ketsa ro‘zasi buziladi. Chunki qolgan suv ichiga ketib qolishi mumkin. Agar yuvgandan keyin orqasini biror narsa bilan artib, o‘rnidan tursa ro‘zasi buzilmaydi» deb eshitdim. Men shu vaqtgacha bunday holat ro‘zani ochishini umuman bilmas edim(chin so‘zim). Endi shu vaqtgacha tutgan ro‘zalarim nima bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mazhabimizning mo‘tabar kitoblarida : Savol: Yo‘g‘on ichagi tashqariga chiqib, qayta joyiga solgan kishining ro‘zasi ochiladimi? Javob: Yo‘g‘on ichagini yuvib, quritmasdan joyiga solsa, ro‘zasi buziladi. Yuvgandan so‘ng quritib bo‘lgach joyiga solsa, ochilmaydi. Shuningdek bachadoni chiqib qoladigan ayollar ham. خَرَجَ سُرْمُهُ فَغَسَلَهُ فَإِنْ قَامَ قَبْلَ أَنْ يُنَشِّفَهُ فَسَدَ صَوْمُهُ وَإِلَّا فَلَا Yo‘g‘on ichagi tashqariga chiqib qolgan kishi, uni yuvadi. Uni quritishidan avval joyiga kirgizsa, ro‘zasi ochiladi. Quritib bo‘lib solsa ochilmaydi. (Roddul Muhtor). “Istinjodan keyin quritsa yoki quritmasa” degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar